Informatika fanidan ochiq dars – Eshdavlatova Gulzoda Ahmad qizining shaxsiy veb sayti

Informatika fanidan ochiq dars

  1. Sana: 11.12.2018
  2. Sinf: 8-“B”

III. Fan nomi: Informatika.

  1. Mavzu: Kompyuterning tashqi xotirasi bilan ishlash
  2. Maqsad.

1) ta’limiy: O‘quvchilarga kompyuterningg tashqi xotirasi — EMD,QMD, CD,DVD disklar va Flash xotira va ular bilan ishlash haqida tushuincha berish;

2) tarbiyaviy: o‘quvchilarga iqtisodiy tejamkorlik va ekologik tarbiya berish;

3) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning AKT dan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

DTS: Kompyuterning tashqi xotirasi — disklar va ular bilan ishlash haqida tushunchaga ega bo‘lish.

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

1) Salomlashish;

2) Davomatni aniqlash;

VII. Takrorlash.

  1. Fayl deganda nimani tushunasiz?
  2. Faylning nomi nima? Unga qanday talab qo‘yiladi?
  3. Faylning kengaytmasi nima? Uning uzunligi qancha?
  4. Fayl kengaytmasining qanday turlarini bilasiz?
  5. Diskda nomlangan sohani fayl deb atash mumkinmi?
  6. Katalog nima? Katalog ostichi?
  7. Bosh katalog va joriy kataloglarning farqi nimada?
  8. «Ona» katalog deganda nimani tushunasiz?
  9. Faylga borish yo‘li va uning to‘liq nomi nima?
  10. Jadvalni to‘ldiring.
Fayllar Kataloglar

 

VIII. Yangi mavzuni o‘rganish.

 

Yangi mavzu BBB(Bilaman, bilishni xohlayman, Bilib oldim) metodi orqali o‘quvchilarga tushuntiriladi. Buning uchun o‘quvchilar 2 guruhga bo‘linadi. Dars davomida quyidagi jadval to‘ldirilib borilaveradi.

 

Kompyuterning tashqi xotirasi haqida avvalroq ma’lumot bergan edik. Ular magnit tasma, egiluvchan magnit disk – disket, optik disk – CD va DVD, flash-xotiralar edi. Bu xotiralar qanday tashkil etilishi va ular bilan ishlashni ushbu mavzuda ko‘rib chiqamiz.

Disket yuzasi temir ikki oksidli (Fe2O3) maxsus magnit qatlam bilan qoplangan. Magnit tasmada ham, magnit diskda ham axborot qattiq magnit disk kabi usulda yoziladi. Ya’ni, disket formatlanganda konsentrik aylanalar ko‘rinishidagi yo‘llarga ajratiladi hamda yo‘llarni sektorlarga bo‘linadi. Axborot disk sektorlarining yo‘llari bo‘ylab yoziladi.

Disketlarda ham fayl sistemasi ish yuritadi va shuning uchun har bir sektorda identifikatsiya qilish uchun joy ajratiladi (adres maydoni), qolgan joylariga esa ma’lumotlar yoziladi. Ma’lumot yozish uchun ishlatiladigan qurilma, ya’ni diskyurituvchi ikkita dvigatel bilan ta’minlangan. Ularning biri himoya g‘ilofi ichidagi plastinkani markaz atorofida, ikkinchisi esa, o‘qish/yozish kallagini disk yuzasi radiusi bo‘ylab harakatlantiradi. Himoya g‘ilofida yozishdan himoyalashning maxsus darchasi mavjud. Ishlash vaqtida bu darcha ochiq bo‘lsa undagi axborotni faqat o‘qish mumkin bo‘lib, u diskdagi axborotni o‘chirish va o‘zgartirishdan saqlaydi.

Disk yurituvchiga joylashtirilgan disketni formatlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. “Мой компьютер” sistema katalogi ochiladi.
  2. “Диск 3,5 (А):” diskyurituvchi tanlanib, sichqonchani o‘ng tugmasi bosiladi.
  3. Ochilgan kontekst-menyudan (Formatlash) amali tanlanadi, natijada quyidagi muloqot oynasi hosil bo‘ladi:
  4. Disketni formatlash uchun “Начать” (Boshlash) tugmasi, aks holda “Закрыть” (Yopish) tugmasi tanlanadi.
  5. Operatsion sistema disketdagi ma’lumotlar bexosdan o‘chib ketishini oldini olish uchun quyidagi ko‘rinishda ogohlantiradi:
  6. Formatlash jarayonini davom ettirish uchun “OK” tugmasi tanlanadi.
  7. Keyingi muloqot oynalarida “OK” va “Закрыть” tugmalarini tanlash bilan formatlash jarayoni tugatiladi.

Disketga ma’lumot yozishning birinchi usulida quyidagi amallarni bajarish kerak:

  • kerakli fayl yoki katalogni sichqoncha yordamida tanlab kontekst-menyu ochiladi;
  • kontekst-menyuning (Jo‘natish) bo‘limidan “Диск 3,5 (А):” tanlanadi.

Disketga ma’lumot yozishning ikkinchi usulida quyidagi amallarni bajarish kerak:

  • kerakli fayl yoki katalogni sichqoncha yordamida tanlab kontekst-menyu ochiladi;
  • kontekst-menyuning (Nusxalash) amali tanlanadi;
  • “Мой компьютер” sistema katalogi orqali “Диск 3,5 (А):” katalogi ochiladi;
  • ochilgan oynaning bo‘sh joyiga ko‘rsatkichi yo‘naltirilgan sichqoncha yordamida kontekst-menyu ochiladi;
  • ochilgan kontekst-menyudan (Joylashtirish) amali tanlanadi.

Disketdagi fayl yoki katalogni ochish yoki o‘chirish uchun ham, asosan, kontekst meyudan foydalanilishi, bunda Enter yoki Delete klavishlaridan foydalanish mumkinligi quyi sinflardan sizga ma’lum.

Flash-xotira va flash-disk sistema blokidagi maxsus portga ulanadi. Bu port USB (Universal Serial Bus, ya’ni universal kema-ket sig‘im) deb atladi. Flash-xotira va flash-disk ustida amallar disketlardagi kabi bajariladi. Hozircha ikki turdagi USB portlar bo‘lib, USB 1.1 standarti ma’lumot almashishning 12 Mbit/sek tezligini ta’minlaydi, USB 2.0 da esa bu ko‘rsatkich 480 Mbit/sek gacha bo‘ladi, ya’ni 40 marta kattadir.

Flash-xotira va flash-disk kompyuterga ulanganda masalalar panelining o‘ng qismida  piktogrammasi aks etadi. Ishlash jarayonida flash-xotira va flash-disk energiyani kompyuterdan olgani uchun kompyuterdan uzishdan avval xavfsiz o‘chirilishi kerak. Buning uchun quyidagi amallar ketma-ketligi bajariladi:

  • masalalar panelidagi flash-xotira belgisiga sichqoncha ko‘rsatkichi yo‘naltiriladi va chap tugmasi bosiladi;
  • “Безопасное извлечение Запоминающее устройство для USB-диск(F:)” lavhasiga sichqoncha ko‘rsatkichini yo‘naltirib chap tugmasi bosiladi;
  • ekranda USB qurilmasini xavfsiz uzish mumkinligi haqidagi ma’lumot aks etgachgina flash-xotirani kompyuterdan uzish mumkin bo‘ladi.

Vinchster ham disket kabi tashqi xotira sifatida qaralishi mumkin. Vinchester xotirasidan unumli foydalanish maqsadida uni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan turli hajmdagi bir necha bo‘laklarga (“mantiqiy” disklarga) ajratish mumkin. Bu bo‘laklar C, D, E va h.k. nomlar bilan belgilanadi. Vinchesterni bo‘laklarga ajratish maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Bu dasturlar ichida keng qo‘llaniladigani FDISK hisoblanadi. FDISK dasturi yordamida vinchester istalgancha bo‘laklarga bo‘linib, har bir bo‘lak alohida formatlanadi. Formatlash jarayonida vinchesterdagi axborotlar o‘chib ketadi.

Kompakt diskdagi ma’lumotlarni o‘qish uchun CD ROM qurilmasi bo‘lishi yetarli, lekin ma’lumot yozish uchun kompyuterga CD Writer qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Kompakt diskka ma’lumot yozishni Windows XP operatsion tizimi vositalari yordamida amalga oshirish mumkin. Lekin diskka yozish, nusxasini ko‘chirish, o‘chirish va yangilash masalalarini mukammal darajada bajarish uchun maxsus dasturlardan, masalan, Ahead Nero Burning ROM dasturidan foydalanish tavsiya etiladi.

Shaxsiy kompyuterda DVD larni ochish uchun unga DVD ROM qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. DVD ROM qurilmasi nafaqat DVD, balki CD larni ham ochish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda DVD larni o‘qishning maksimal tezligi 16 karrani tashkil etadi, ya’ni 1380 Kbit/sek*16 =22080 Kbit/sek, CD larni o‘qishning maksimal tezligi esa 52 karrani tashkil etadi, ya’ni 150 Kbit/sek*52=7800 Kbit/sek. DVD larga ma’lumot yozish uchun kompyuterga DVD Writer qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

Demak, kompyuterning xotirasi bilan bajariladigan asosiy amallar quyidagilar bo‘lib, ular operatsion sistema yoki maxsus dasturlar yordamida bajariladi:

Tashqi xotira turi Bajariladigan amallar
Egiluvchan magnit disk Formatlash Yozish O‘qish O‘chirish
Qattiq disk Formatlash Yozish O‘qish O‘chirish
Optik disk (CD-R, DVD-R) Yozish – 1 marta O‘qish
Optik disk (CD-RW, DVD-RW) Yozish O‘qish O‘chirish
Flash-xotira va flash-disk Formatlash Yozish O‘qish O‘chirish

 

Ba’zan tashqi xotiralar bilan ishlash sekinlashadi. Buning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, diskdagi sistema xatoligi, ba’zi ma’lumotlar o‘chirilib boshqasi yozilganda tashqi xotiradagi ma’lumotlar tarqoq joylashishi va shuning oqibatida bo‘sh joylarni aniqlanishiga ketayotgan vaqtning ortishi, diskdagi ma’lumotlar hajmini ko‘pligi va boshqalar. Shu sababli NTFS fayl sistemasida disk sohasini to‘liq saqlash uchun maxsus usullar qo‘llanilgan. Lekin bu ham fayllar bo‘laklanishini oldini ololmaydi. Shuning uchun qattiq diskni tez-tez (iloji bo‘lsa xaftada bir marta) defragmentatsiyalab (ing. parcha yoki qismlarni yig‘ish) turish maqsadga muvofiq.

Operatsion sistemalar qattiq disk, flash-xotiralar bilan ishlash uchun quyidagi muloqotli servis xizmatlarini taklif etadi: 1) diskni tozalash (keraksiz ma’lumotlarni o‘chirish); b) diskdagi ba’zi axborotlarni arxivlash; d) diskni defragmentatsiyalash.

Masalan, diskni degragmentatsiyalash uchun Windows operatsion sistemasi servis xizmatining “Diskni defragmentatsiyalash” bo‘limidan foydalanish mumkin. Servis xizmatidan foydalanish uchun quyidagi bo‘limlar tartib bilan ochiladi va “Diskni defragmentatsiyalash” xizmati ishga tushiriladi.

[Пуск]Þ[Программы] Þ[Стандартные] Þ[Служебные] Þ[Дефрагментация диска]

Bu xizmat ishga tushgach, avval disk sohasida ma’lumotlar qanday joylashganini tahlil etadi. Bunda oq joylar diskdagi bo‘sh joylar bo‘lib, boshqa ranglar esa fragmentatsiyalangan, fragmentatsiayalanmagan va ko‘chirilmaydigan fayllarni qanday taqsimlanganini bildiradi.

Tahlil hisobotini ko‘rib chiqib, diskni defragmentatsiya qilish shart yoki shart emasligini bilish mumkin.

Shunday bo‘lsada, disk bir necha marta defragmentatsiyalangandan keyin tahlil qilinganda katta hajmdagi bo‘sh joylar ochilganini va mayda bo‘shliqlar kamayganligini ko‘rish mumkin.

  1. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
  1. Qanday tashqi xotira turlari bor?
  2. Tashqi xotiraning magnitlash asosida ishlatiladigan turlarini sanab bering.
  3. Tashqi xotiraning qanday turlari bilan ishlash nur bilan bog‘liq?
  4. Tashqi xotiraning qanday turi eng kam energiya sarflaydi?
  5. Operatsion sistemaning tashqi xotiraga ko‘rsatadigan servis xizmatlari haqida so‘zlab bering.
  6. Optik disklarga ma’lumotlar qanday yoziladi?
  7. Flash-xotira ustida bajariladigan amallarni sanab bering.

Mashqlar

  1. Disketni diskyurituvchiga joylashtirib antivirus dasturi yordamida tekshiring, zarur bo‘lsa virusdan tozalang.
  2. Disketni diskyurituvchiga joylashtirib undagi ma’lumotlar haqidagi axborotni quyidagi ko‘rinishdagi jadvalga yozing. Disketni diskyurituvchidan chiqarib oling.

 

Papkalar Papka ichidagi fayllar Fayl hajmi Hosil qilingan vaqt
  1. Flash-xotirani USB portga ulang. Uni antivirus dasturi yordamida tekshiring, zarur bo‘lsa virusdan tozalang. Undagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqing. Flash xotirani kompyuterdan xavfsiz uzing.

 

  1. Uyga vazifa

Mavzuni o‘rganish (1-7-savollar). 63-67-betlar

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

blog lam dep | toc dep | giam can nhanh

|

toc ngan dep 2016 | duong da dep | 999+ kieu vay dep 2016

| toc dep 2016 | du lichdia diem an uong

xem hai

the best premium magento themes

dat ten cho con

áo sơ mi nữ

giảm cân nhanh

kiểu tóc đẹp

đặt tên hay cho con

xu hướng thời trangPhunuso.vn

shop giày nữ

giày lười nữgiày thể thao nữthời trang f5Responsive WordPress Themenha cap 4 nong thonmau biet thu deptoc dephouse beautifulgiay the thao nugiay luoi nutạp chí phụ nữhardware resourcesshop giày lườithời trang nam hàn quốcgiày hàn quốcgiày nam 2015shop giày onlineáo sơ mi hàn quốcshop thời trang nam nữdiễn đàn người tiêu dùngdiễn đàn thời tranggiày thể thao nữ hcmphụ kiện thời trang giá rẻ