Muhammad Yusuf – el suygan shoir. – Eshdavlatova Gulzoda Ahmad qizining shaxsiy veb sayti

Muhammad Yusuf – el suygan shoir.

Mavzu: Muhammad Yusuf – el suygan shoir.

Darsning maqsadi:

  1. a) ta’limiy maqsad: O`quvchilarga xalqimiz ardog`idagi shoir Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida tushuncha berish orqali ularning shoir she’riyatiga bo`lgan muhabbatini yanada oshirish, badiiy she’r san’atlarini o`rgatish.
  2. b) tarbiyaviy maqsad: Muhammad Yusuf so`zi bilan aytganda, olmosdan ham keskin shamshirlarni qo`lga olib, tuproqni to`shak bilib, ot egarini bolish qilib Jaloliddin kabi jahongashta bo`lib, umrlarining yarmini tog`-u toshda o`tkazgan, ko`kraklarini qo`rg`oshinga qalqon qilib, oq yaktaklarni o`zlariga kafan qilib, chakalakzorlarni makon qilib, shu yurt, shu zamin uchun jonlarini fido qilgan bobolarimiz haqqi-hurmati Vatanimizni jon qadar asramog`imiz lozimligini yosh avlodlarga o`rgatish.
  3. c) rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni Muhammad Yusufdek mard, Vatanga sadoqatli, uning har bir giyohini qadrlaydigan farzand qilib tarbiyalash.

Tayanch kompetensiya: Milliy va umummadaniy. Badiiy adabiyot va san’atdek setgan vatanparvarlik, insonparvarlik g`oyalarini umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o`ziga xosliklarni anglash, ulardan ta’sirlanish, ulardagi go`zallik va ezgulikdan o`rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars usuli: o`yin, musobaqa, “Sirlitilsim”, “Klaster”, “Raqamlartilgakirganda”, “Moychechak”, “Muhammad Yusufning ijod charxpalagi”, “Men haqimda she’r bilasanmi?”

Dars metodi: noan`anaviy

Fanlararo aloqa: ona tili, botanika, zoologiya, matematika.

Dars jihozi: Muhammad Yusuf portreti, uningshe’riykitoblari, disklar, elektron darslik, tarqatmalar.

Dars shiori: Fidoying bo`lgaymiz, seni O`zbekiston.

Dars epigrafi:

Nogoh ko`zlarimga to`lib ketar nam,

Hatto qo`llarimda qaltirar qalam,

Yig`laganday bo`lar qizg`aldoqlar ham,

Muhammad Yusufni esga olganda.

Sinf xonasiga Muhammad Yusuf qiyofasida uning arvohi “Lolaqizg`aldoq” she’rini aytib kirib keladi.

O`qituvchi:

Assalom ey ko`hna Turon sho`x sabosi, assalom

Assalom ahli vodiy kuy-mevasi assalom.

Har boqqanda dil yayrab, qalblarga quvonch bergan,

Aziz ustozlaru, o`quvchilar assalom.

O`quvchilar bilan salomlashadi. Sinf davomatini aniqlaydi.

Insonning insonligi anglanur mehr bilan,

Darsimizning madhiyasi kim aytadi she’r bilan.

O`quvchi:

Fanlar ichra sardori

Adabiyot fanidir

Oshiq dillar sardori

Adabiyot fanidir.

Dunyo fanlari bori bir muhtasham bog` bo`lsa,

Eng muhtasham gulzori adabiyot fanidir.

O`qituvchi: Kelinglar o`quvchilar, o`tgan darsda qanday mavzu o`tkanimizni “Sirli tilsim” orqali bilib olaylik. “Sirli tilsim” dagi raqamning o`rniga o`zbek alifbosidagi harfni qo`ysangiz mavzu kelib chiqadi.

O`qituvchi M harfi bilan boshlanadigan she’r aytadi, o`quvchilar qolgan harflarga she’r aytadilar.

O`qituvchi: Kelinglar o`quvchilar, 2 ta yirik guruhga bo`linaylik. Musobaqa darsi tashkil qilamiz. 1-guruh – “Lolaqizg`aldoq” guruhi, 2-guruh “Binafsha” guruhi.

Guruhlar joylaringizni egallang.

1-shart: Muhammad Yusufning hayot chiziqlari asosidagi “Raqamlar tilga kirganda” o`yini:

2-shart.

Endi esa har bir guruhdan bittadan vakil chiqib, Muhammad Yusufning she’riy to`plamlari nomini yozadi. Har birguruhdan vakillar chiqib yozadilar.

3-shart.

O`quvchilar Muhammad Yusuf qaysi mavzuda ijod qilgan? Hozir har bir guruh Muhammad Yusuf ijod qilgan mavzularini aytadi.

Hozir sizlar bilan “Muhammad Yusufning ijod charxpalagi” o`yinini o`ynaymiz.

Charxpalakda qaysi mavzu chiqsa, sizlar shu mavzuga oid she’rni ifodali aytasiz.

Charxpalak aylantiriladi. O`quvchilar undagi mavzuga oid she’rlar aytadi.

4-shart.

“Men haqimda she’r bilasanmi?” o`yini. O`quvchilarga ot, kapalak, turna, yalpiz, lolaqizg`aldoq, binafsha va boshqa rasmlar yopishtirilgan tarqatmalar beriladi. Qaysi rasm chiqsa, o`quvchilar bunga she’r aytadilar.

5-shart.

FSMU metodi orqali Muhammad Yusuf she’rlariga ta’rif  beriladi. Guruhlar tarqatmani tortishadi. Unda chiqqan savolni yoritadilar.

  1. 1-guruhga. Muhammad Yusufning Vatan mavzusidagi she’rlari haqida fikrlaringizni bildiring.
  2. Fikringiz bayoniga sabab ko`rsating.
  3. Ko`rsatilgan sababni isbotlovchi misollar keltiring.
  4. Fikringizni umumlashtiring.

2-guruhga.

  1. Muhammad Yusuf haqida ijodkorlarning fikrlaridan misol keltiring.
  2. Fikringiz bayoniga sabab ko`rsating.
  3. Ko`rsatilgan sababni isbotlovchi misollar keltiring.
  4. Fikringizni umumlashtiring.

6-shart. Bunda o`quvchilar ijrosida “Uch o`gil va bir qiz” rivoyati sahnalashtiriladi.

7-shart. Guruhlardan vakillar chiqib Muhammad Yusuf ijodi bo`yicha “Bahru bayt” o`ynaydilar.

So`ng barcha ballar jamlanadi. G`olib guruh aniqlanadi. G`olib guruh o`quvchilari a’lo baholar bilan baholanadi va Muhammad Yusuf yaxshi ko`rgan “Lolaqizg`aldoqlar” bilan rag`batlantiriladi.

Aziz o`quvchilar, mana darsimiz ham yakuniga yetib bormoqda. Kelinglar, Muhammad Yusufga ta’rif beramiz.

M-maqtovga loyiq shoir

U-ulug` zot

H-har tomonlama yetuk

A-armonga aylangan shoir

M-mard inson

M-millat faxri

A-avliyolar avliyosi

D-donolar donosi

Y-yetuk inson

U-unutilmas yulduz

S-sohir qalam sohibi

U-ulkan iste’dod egasi

F-fidoiy inson

O`qituvchi:

Demak, o`quvchilar Muhammad Yusufni qancha ta’riflasak shuncha oz. Darsimizning so`nggida, o`quvchilar, bir zum shoir  xotirasini yodga olaylik.

“Millatning dardiga darmon shoirim,

Endi o`z xalqiga armon shoirim.

Yo`q, sening o`lganing yolg`on shoirim.

Nahot ajal yo`lin bo`lmaydi to`sib,

Qandoq ketib qolding, Muhammad Yusuf?”,-deb o`qituvchi Muhammad Yusuf portreti tushirilgan rasmga gul qo`yadi. Bundan so`ng, o`quvchilar ham bittadan she’r aytib, ular ham Muhammad Yusuf portretiga gul qo`yadilar:

 

 

1-o`quvchi:

Balqib turgan baxtning jarangiday xush,

She’r o`qib elingni qilarding sarxush,

Qaygashoshding, inim, tobutingdan tush.

Qandoq ketib qolding Muhammad Yusuf.

2-o`quvchi:

Demagin sen bilan bitta jonketdi,

Qancha yozilmagan she’r, doston ketdi.

Tangri senga bergan zo`r imkon ketdi.

Nolamdan tikonlar chiqmoqdao`sib,

Qandoq ketib qolding Muhammad Yusuf.

 

3-o`quvchi:

Har nafas ko`zlarim o`ngidadirsan,

Mehring bilan mehrim rangidadirsan,

Oh, endi oxlarning ohangidasan,

Qizlaring turishar sachlari to`zib,

Qandoq ketib qolding Muhammad Yusuf.

4-o`quvchi:

Yulduz yo`lga chiqdi seni axtarib,

G`ulomjon, G`iyoslar g`aribdan g`arib,

Hofizlar bir kunda qoldilar qarib,

Nahot seni boshqa ko`rmaslar qaytib,

Qandoq ketib qolding Muhammad Yusuf.

 

O`qituvchi: Shu bilan darsimiz o`z poyoniga yetdi. Men Muhammad Yusufning “Tilak” she’ri bilan darsni yakunlamoqchiman.

 

Tilak

 

Har kimning ham sochlariga oq tushsin,

Ajin tushsin yuzlariga, dog` tushsin.

Har kimning ham quvvat ketib belidan,

Qo`llariga aso-bir tayoq tushsin.

 

Iymoni sog`, yuzga kirib yorug` yuz,

To`ylar ko`rib yelkasidan tog`tushsin.

Va jismiga so`nggi safar oldidan,

O`z o`g`lining qo`lidan tuproq tushsin.

 

Uyga vazifa: Muhammad Yusuf she’rlaridan yod olib kelish.

 

 

Enaxon aya Sotvoldiyevaga!

O`g`lingiz Muhammadjon noyob iste’dod egasi edi. Odamlarga mehribon, sofdil, mard, kamtarin inson edi. Shu bois bu mudhish habar shoirning ko`plab do`stlari va muhlislari kabi mening ham qalbimni larzaga soldi.

O`zbekiston Respublikasi Birinchi

Prezidenti I. A. Karimov.

 

Muhammad Yusuf o`z zamondoshlar xotirasida abadiy yashaydi. Muhammad Yusuf qo`shiqlari bilan emas balki avvalo xalq darsdini baralla aytgan yurt muhabbatini hech kimda yo`q misralarda ta’riflagan. She’rlari bilan tanildi shuhrat qozondi.

O`zbekiston shoiri: Ozod Sharofiddinov

 

Muhammad Yusuf baxtli omadli shoir unga mustaqil yurtni ozod xalqini ko`rish nasib etdi. Yurtning eng ulug` bayramlarda uning qo`shiqlari baralla yangraydigan bo`ldi.

O`zbakiston xalq shoirasi:  Halima Xudoyberdiyevaning e’tirofi

 

Muhammad Yusuf turmushning ikir-chikirlariga berilmadi, o`tkinchi tuyg`ularga aralashib qolmadi. Kuylaganda bor ovozi bilan ro`y-rost baland pardalarda kuyladi.

Iqbol Mirzo

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

blog lam dep | toc dep | giam can nhanh

|

toc ngan dep 2016 | duong da dep | 999+ kieu vay dep 2016

| toc dep 2016 | du lichdia diem an uong

xem hai

the best premium magento themes

dat ten cho con

áo sơ mi nữ

giảm cân nhanh

kiểu tóc đẹp

đặt tên hay cho con

xu hướng thời trangPhunuso.vn

shop giày nữ

giày lười nữgiày thể thao nữthời trang f5Responsive WordPress Themenha cap 4 nong thonmau biet thu deptoc dephouse beautifulgiay the thao nugiay luoi nutạp chí phụ nữhardware resourcesshop giày lườithời trang nam hàn quốcgiày hàn quốcgiày nam 2015shop giày onlineáo sơ mi hàn quốcshop thời trang nam nữdiễn đàn người tiêu dùngdiễn đàn thời tranggiày thể thao nữ hcmphụ kiện thời trang giá rẻ