OQ YO’L, BITIRUVCHI! – Eshdavlatova Gulzoda Ahmad qizining shaxsiy veb sayti

OQ YO’L, BITIRUVCHI!

OQ YO’L, BITIRUVCHI!

T ADBIR SSENARIYSl

 

(Sahna bayramona bezatilgan)

 

 Musiqa ostida she’r  o’qiladi

 

Assalom yoshlikning eng ulug’ tonggi

Ko’zlari yoshlangan Ustoz, assalom!

Mustaqil hayotga ko’zini tikib,

Quvonchdan entikkan tengdosh,assalom!

 

Assalomu alaykum, munis va mehribon, qalbida ilm gavharini tizgan mehri daryo ustozlar!

Assalomu alaykum, bugun yuragi ham quvonch, ham shodlik bilan to’lgan orzular qanotida uchayotgan qadrdon maktabdoshlar va farzandi quvonchiga sherik bo’lish uchun kelgan, hurmatli ota-onalar! Ijozatingiz bilan davramizga bugungi tantana sababchilari, ya’ni bitiruvchilarimizni tantanali ravishda taklif etsak!

 

Musiqa sadolari ostida bitiruvchilar kirib kelishadi.

 

Assalom, ona yurt, tonglar o’lkasi,

Ta’rif-tavsifingning yo’q nihoyasi.

Senga bag’ishlanur muqaddas qo’shiq,

Bu  o’zbek elining o’z madhiyasi!

 

Madhiya yangraydi.

So’z—————————————————————————-      ga!

Musiqa sadolari ostida boshlovchilar chiqadi.

 

1-boshlovchi:

 

Bugun shodlik bayrami,do’stlar!                                                                      G’am to’lmasin dillarga biroq,                                                                         Kuzatgali  sizlarni  xandon,                                                                   Jaranglaydi  so’nggi qo’ng’iroq.

 

2-boshlovchi:

 

O,qandayin beg’ubor ovoz,

Orom berar bu  dam dillar-chun.

Zo’r  tilagin sizga  qo’ng’iroq,

Bildiradi olis yo’llar-chun!

 

1-boshlovchi:

 

Bu vatanning hur maskanida,

Sizni kutar go’zal, tinch zamon.

Biz ham bu kun tilak aytarmiz,

Mard yo’l oling, kelajak tomon!

 

2-boshlovchi:

 

Bugun juda ajoyib kun, to’g’rimi Jamoliddin! Qarang, ustozlar ham, o’quvchilar ham har doimgidek emas, mening nazarimda.

 

Ularning yuraklari shodlik va hayajonga to’lgan.

 

Bolalikning eng quvnoq, unutilmas, totli, ba’zan qiyin damlarini 4-5 yil birga o’tkazgan sinfdoshlar bugun uchurma qush bo’lib, parvozga shay bo’lib turibdi.

 

1-boshlovchi:

 

Nimasini aytasiz, Ularning porlab turgan ko’zlariga qarab, har biringizning qalblaringiz baxt va shodlikka to’lsin, yuragingiz o’ti aslo o’chmasin , insonning eng oliy tuyg’ulari sizga hamroh bo’lsin, degimiz keladi.

 

Nigora, nima deysiz, hozir bitiruvchilarimiz nima haqda o’ylashayotgan ekan-a? Keling, yaxshisi, buni ularning o’zlaridan eshitsak.

 

Sahnaga mumtoz musiqa sadosi ostida 10 ta o’quvchi (5 ta o’g’il, 5 ta qiz) kirib keladi.

 

1-o’quvchi:

 

Mana, go’yo so’nggi manzilga keldig-u hammamiz aynan shu bekatda tushib, ayro yo’lga ketamiz.

 

2-o’quvchi:

 

Ha, hozir uzoq chalinadigan so’nggi qo’ng’iroq sadosi bizni har tomonga ketishga majbur qilsa-ya!

 

3-o’quvchi:

 

Hali jaranglamasidanoq dillarga ayriliq alamini solayotga bu ovoz shu daqiqada qanchalik aziz va qadrli tuyilayapti menga!

4-o’quvchi:

 

Esingdami, kechagina darsda qo’ng’iroqning tezroq chalinishini intiqlik bilan kutib, soat millarini sanar edik.

 

5-o’quvchi:

 

Bugunchi, bugun bu qo’ng’iroqning jarangdor ovozi beg’ubor bolaligimizga, bebosh sho’xligimizga yakun yasamoqda!

 

6-o’quvchi:

 

Eh, qanchalar ta’sirli sado bu! Yuraklarni junbushga keltirib, qalblarga titroq soladi. Hatto ko’zlarda yosh qalqiydi uning zarbidan!

 

7-o’quvchi:

 

Eh, bu jarangdor qo’ng’iroq qanchalab bitiruvchilarga omad, baxt-iqbol tilagan ekan-a!

 

8-o’quvchi:

 

Qanchalar sinfdosh do’stlaring ko’ngliga g’amgin, ammo totli hislar armug’on etgan ekan-a!

 

 Musiqa biroz ko’tarilib, bolalar biroz g’amgin, tinch turishadi.

 

9-o’quvchi:

 

E, anovi qizaloqqa qarang! Qo’lidagi gulni arang ko’tarib kelayapti.

 

10-o’quvchi:

 

E, nimasini aytasan, bularning xursandchiligi ichiga sig’maydi, chunki bugun ular oshiqib kutgan ta’tilga chiqishmoqda!

                                                         

1-o’quvchi:

Nozimaxon! Esingizdami siz ham xuddi shu qizchaday jajjigina edinggiz.

 

2-o’quvchi:

Ha, birinchi marta mana shu maktabga kelganimizni eslang. Ayniqsa, sinfga kirgach o’g’il bolalar bir taraf, qizlar bir taraf bo’lib, xuddi dushmanday tortishar edik.

3-o ‘quvchi:

 

Ha, ha kechagiday esimda…

 

Shu  payt sahnaga sho’x bolalar va qizlar sho’x-shodon kirib kelishadi.

 

-Hoy bolalar! Bugun sinfni sizlar tozalaysizlar!

-Bekor aytibsizlar! (Ko’pchilik bilan birga) Sizlar tozalaysizlar!!!

                      Qo’shiq. “Oq terakmi-ko’k terak”

                                    

1-o’quvchi:

 

Ha, kunlarimiz mana shunday sho’x va betashvish o’tardiya…

Keyinchalik hammamiz darsga sho’ng’ib ketdik. “5” olish uchun rosa tirishardik-a

 

2-o’quvchi:

 

Ey aytgancha, 8-sinfda nima bo’lgani esingdami?

 

3-o’quvchi:

 

Yo’q, nimani aytayapsan?

 

Musiqa sadosi ostida sahnaga 2 ta o’quvchi (bir qiz, bir o’g’il) chiqib keladi. O’g’il bola qo’lidagi asbobda musiqani baralla chala boshlaydi. 2-o’quvchi esa (qiz) rasm chizayotgan bo’ladi.Oxirida ular qo’l ushlashib chiqib ketadilar…

 

4-o’quvchi:

 

Ha, esladim! O’g’il bolalar va qizlar o’rtasidagi haligi.. .haligi sevgi deganday! Shuni aytayapsanmi?

 

5-o’quvchi:

 

Ey, nimalar deyapsan? Qanaqa sevgi-muhabbat? Bu musiqa maktabi bilan nafis san’at maktabining qo’shilishi-ku!!!

 

6-o’quvchi:

 

Ha,boshida  judayam yovqarash bo’lib, o’zimizcha edik-a!!!

 

7-o’quvchi:

Keyinchalik birgalashib, juda ko’p yutuqlarga erishdik, to’g’rimi?

 

8-o’quvchi:

 

Nufuzli musobaqalarda ishtirok etib, har sohada katta yutuqlarni qo’lga kiritdik!

 

Yutuqlar sarhisobi

 

1-o’quvchi:

 

Buning barchasi – shu mustaqil Vatanimizda birga yaratilgan sharoitlarning aks-sadosi! Demak, biz ham jonajon vatanimizning 23 yillik mustaqillik to’yini munosib sovg’a bilan kutib olayotgan ekanimizda!

 

2-o’quvchi:

 

Bu, albatta, quvonarli!!!

 

Shundan so’ng konsert  dasturi davomida hajviy sahna va Andijon polkasi raqsi ijro etiladi.

 

 

Musiqa sadolari ostida 10 ta o’quvchi qo’llarida ramziy narsalar bilan chiqib keladi.

 

1-o’quvchi:

 

Qo’llarim ko’ksimda ta’zimda bu kez,

Sizgadir olqishim yurak sozlarim.

Otaday talabchan, onaday munis,

Hayot qadar qimmat, siz Ustozlarim!

 

2-o’quvchi:

 

Ustoz, ko’zlaridan mehr, yuzlaridan nur yog’ilib turgan qalbi esa oppoq ezgulikka yog’irilgan zot!

 

 

3-o’quvchi:

Ustoz, hayotimiz poydevoriga asos solib, uni mustahkam quruvchi zot!

 

Sahnaga 5-6 ta g’isht olib chiqilib, teriladi. Katta tuvak va daraxt ko’chati  ekib qo ‘yiladi.

 

4-o’quvchi:

 

Ustoz  ildizi shu tuproq, shu zamindan suv ichib,biz, shogirdlarini bag’riga olgan metin irodali chinorga o’xshaydi!

 

Sahnaga bir o ‘quvchi uzum mevalarini olib chiqib, chinor shoxlariga ila boshlaydi.

 

5-o’quvchi:

Ha, o’ylashingiz mumkin, chinor meva bermaydi-ku! Ustoz, biz, shogirdlarining ota-onasi bo’lmasa-da, bilim shirasidan bol yig’ib, meva hosil etuvchi zotdir!!!

 

6-o’quvchi:

 

Ustoz-bilim chashmasi! Dillar uning zilol, pokiza qalbidan bahra oladi.

 

Sahnaga bir ko’za suv olib chiqiladi va chinorga suv quyidi. Ko’zani uning yoniga qo ‘yiladi.

        

7-o’quvchi:

 

Sahnada “Tun” kompozitsiyasi (qora matoga oy, yulduzlar aksi tushirilgan) chinor ostidan yuqori ko ‘tariladi.

 

Ustoz-qorong’u tunimizni yorituvchi oy! Tunda ham ilm ko’zi bilan yo’limizni nurafshon etadi ! Tundagi yulduz  bu uning mehr daryosidagi billur shodasi!

Eh, qanday ulug’, qanday mo’tabar!!!

 

8-o’quvchi:

 

Sahnadagi “Kun” kompozitsiyasi (oq matoga quyosh tushirilgan) chinor ostidan yuqori ko ‘tariladi.

 

Ustoz-bamisoli quyosh! Biz ulardan ziyo olib, hayot mash’alasini yoqamiz!

Uning kamalakrang jilosidan umrimizning tabiatini bezaymiz!

Eh, shundayin  jilo, shundayin fido!!!

 

9-o’quvchi:

 

Ustoz- bizga otalarcha yo’l ko’rsatib, yo’l-yo’riq ko’rsatadilar. Yosh qalblarni tarbiyalab,baland parvozlarga shaylaydilar!

 

Shu payt o ‘quvchilar chinorning ostidan kabutar uchiradilar.

 

10-o’quvchi:

 

Quyidagi satrlar barcha-barcha ustozlarimizga mehr-ehtirom ifodasi bo’lsin!

 

Barcha o ‘quvchilar birgalikda aytadilar

 

Siz bizga berdingiz hech sinmas qanot,

Ilm-fan ko’ksida tilab parvozlar.

Biz ta’zim qilamiz sizga umrbod,

Hamisha qadrli, aziz ustozlar!!!

 

Musiqa sadosi ostida ustozlarga gullar taqdim etiladi.

 

1-boshlovchi:

 

Bugun farzandlaring quchmoqda quyosh, Ular jo’namoqda sho’x bolalikdan. Bu yo’lda tilagin unga zo’r bardosh, Mustaqil hayotga qo’ymoqda qadam!!!

 

2-boshlovchi:

 

Bitiruvchilarni tabriklash uchun so’z ota-onalarga va mehmonlarga!

 

1-boshlovchi:

 

Qadrli ustozlar hamda o’quvchilar! Bugun bitiruvchilarimiz noana’naviy tarzda o’zlaridagi barcha yaxshi fazilatlarini, ilmga bo’lgan so’nmas muhabbatlarini ortlaridan davom ettirsin istagida ramziy “ILM GULSHANI”ni izdoshlariga topshiradilar!

 

Ramziy “Ilm gulshani” – katta kitob maketi o’rtasida niholning o’sib turgani tasvirlangan kompozitsiya. Uni 2 ta bitiruvcli  ko’tarib kelib,

8- sinflarga topshiradilar.

 

 

 

 

2-boshlovchi:

 

Va , nihoyat hayajonli daqiqalar. So’nggi qo’ng’iroq sadolari ostida bitiruvchilarimizni kuzatib qolamiz!

 

1-boshlovchi:

 

Yangrayver qo’ng’iroq,

O’chmasin, sasing!

Jarangingdan ilhom

Olib yashaylik,

Bir dam ham tindirmay,

Mag’rur ovozing!

Kelajakka

dadil qadam tashlaylik

Bitiruvchilar “Ey, chalg’uchi qo’ng’roq” qo’shig’i sadosi ostida davraga chiqadilar.

                                                    Tamom

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

blog lam dep | toc dep | giam can nhanh

|

toc ngan dep 2016 | duong da dep | 999+ kieu vay dep 2016

| toc dep 2016 | du lichdia diem an uong

xem hai

the best premium magento themes

dat ten cho con

áo sơ mi nữ

giảm cân nhanh

kiểu tóc đẹp

đặt tên hay cho con

xu hướng thời trangPhunuso.vn

shop giày nữ

giày lười nữgiày thể thao nữthời trang f5Responsive WordPress Themenha cap 4 nong thonmau biet thu deptoc dephouse beautifulgiay the thao nugiay luoi nutạp chí phụ nữhardware resourcesshop giày lườithời trang nam hàn quốcgiày hàn quốcgiày nam 2015shop giày onlineáo sơ mi hàn quốcshop thời trang nam nữdiễn đàn người tiêu dùngdiễn đàn thời tranggiày thể thao nữ hcmphụ kiện thời trang giá rẻ